Izma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Izma (arab.— kesik) — yostiq jildi, koʻylak, shim va b. kiyim-kechaklarning tugma kadaladigan teshigi. I. oʻrni ochilgach, atrofi qoʻlda yoki tikuv mashinasida yoʻrmab qoʻyiladi. Tikili-shiga koʻra, I.ning koʻzchali (magʻiz shaklida oʻyilib, teshik atrofi agʻdarma va tepchik chok bilan yoʻrmalanadi), magʻizli (teshik chetiga magʻiz chiqarib, oʻngidan bostirma chok bilan tikib chiqiladi), ichki (kiyimlarning astar tomonidan tikiladi; mas, tik yoqali kamzul, palto va shimlarning old tomoniga qilinadigan I.lar), bogʻichli (bogich bilan tikiladi; mas, palto, kamzullarga ich tarafdan tugma sigʻadigan bogʻich chatib quyiladi) va b. xillari bor. Tugmalar I. urniga ilgak yordamida ham qadalishi mumkin. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil