Kontent qismiga oʻtish

Iyerixon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iyerixon — Oʻlik dengizning shim.-gʻarbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2ming yillikda Falastindagi qad. manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qoʻsh devori boʻlgan shahar harobasi (mil. av. XVIII—XVI asrlar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga koʻra, I.ning devorlari dushman karnaylari sadosidan ("iyerixon karnaylari") qulab tushgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil