Ixvon as-Safo
Ixvon as-SAFO (arab. — sof biro-darlar) — 10-asrda Yaqin va Oʻrta Sharqda paydo boʻlgan falsafiy maktab. Ta-niqli namoyandalari: Abu Sulaymon al-Bustiy, Abdul Hasan alzanjoniy, Abu Ahmad almirajoniy, Zayd ibn Rifo. Qolganlari oʻz nomlarini yashirgan. I. as-S.ning maqsadi xalqoʻrtasida falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish edi. Shu maqsadda 51 risola yozilgan boʻlib, "Sof birodarlar tuhfasi" (Bombay, 1882) va "Sof birodarlar nomasi" nomlari bilan mashhur. Bu noma 4 boʻlimga: matematika, tabiiyot, psixologiya, ilohiyot va fikd fanlariga boʻlinadi. Mazkur risolalar falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlar qomusi vazifasini oʻtagan. Ularning falsafasi qorishiqtusda boʻlib, yunon falsafasiga ilohiyot va sufiylik belgilari aralashtirilgan edi. Bu faylasuflar mantiqsa Aristotel, olam tu-zilishi masalalarida Ptolemey, antropologiya va tibbiyotda Galen taʼsirida boʻlganlar. Ularning taʼlimoti 16-asr oxiriga kelib, mustaqil yoʻnalish sifatida yoʻqolib ketdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |