Ixtiyoruddin qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtiyoruddin qalʼasi - Hirot sh.ning shim. devori yonida Malik Fax-riddin Kurt tomonidan 1300 yillar atrofida qurilgan qalʼa. Xom gʻishtdan toʻrtburchak shaklida ishlangan, burchaklarida burjlari bor. I.q. Shohrux Mir-zo (1404—1447)ning amri bilan tosh hamda pishiq gʻishtdan qayta tiklangan. Huroson viloyati poytaxti — Hirot sh.ning oʻrdasi I.q.da joylashgan. Uning shim. va jan. tomonidan darvoza atrofi suv toʻlatib qoʻyiladigan keng va chuqur xandaq bilan oʻralgan. Darvozaga oʻtiladigan koʻpriklar zarur paytda zanjirlar bilan tortib, koʻtarib qoʻyilgan. Unda qurol-aslaha, siyosiy mahbuslar, muhim hujjatlar va b. sakdangan. Hozir ham I.q. harobalari bor. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil