Ixtiopatologiya markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtiopatologiya markazi - "Oʻzbaliq" davlat konserni huzuridagi suv havzalari va hovuzlarda yetishtiriladigan baliklarning epizootik hola-tini nazorat qilish va baliq kasalliklarini davolash markazi. 1975 yilda Oʻrta Osiyo zonal ixtiopatologiya ins-peksiyasi sifatida tashkil etilgan. 1988 yildan Oʻzbekistondagi baliqchilik xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadigan ixtiopatologiya inspeksiyasiga aylantirildi. 1992 yildan hozirgi nomda.

I. m.ning asosiy vazifasi "Oʻzbaliq" tizimidagi va mulkchilik shakllaridagi baliq yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjaliklarga baliq kasalliklari diagnostikasi, oldini olish va davolashda yordam koʻrsatishdan iborat. Shuningdek, markaz suv muhiti taxlili, baliq ozuqalari, baliqlarning fiziologik, biokimyoviy holatini tez taxlil qilish, shuningdek, baliqchilik mahsulotlari sifatini sertifi-katsiyalash masalalari bilan shugʻullanadi. Markaz huzurida barcha yoshdagi va turdagi baliklar boʻyicha ixtiopatologik tadqiqotlar oʻtkazadigan i. ch.-diagnostika lab.si bor. Markaz sanitariya meʼyorlari va davlat standartlari talablariga javob beradigan nazorat oʻlchov asboblari bilan jihozlangan. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda shunday markazlar ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil