Ixtiologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtiologiya (yun. ichthys — baliq va ... logiya) — baliklarning tuzili-shi, hayot kechirishi, rivojlanishi, ta-rqalishi, sistematikasi va kelib chiqishini oʻrganadigan fan; zoologiyanit bir boʻlimi. I. baliqchilik va baliq ovlashnnnt biologik asoslarini ishlab chiqish bilan ham shugʻullanadi. I. kupchilik tabiiyot fanlari, ayniqsa gidrobiologiya va gidrologiya bilan bevosita bogʻliq. Ixtiologik tadqiqotlar ekologik va umumbiologik nazariy muam-molarni hal etishga imkon berdi. Bionika, ayniqsa biogidroakuspgikaning rivojlanishida ixtiologiya sohasidagi ishlar asosiy ahamiyatga ega.

I. sohasidagi eng qad. maʼlumotlar mil. av. 6-a.da Hind olimlari (Susru-ta) ishlarida uchraydi. Baliklar toʻgʻrisidagi ilk asar mil. av. ming yillik oʻrtalarida Xitoyda bosilib chiqqan. I.ga oid ilk ilmiy maʼlumotlar Aristotel asarlarida uchraydi. Aristotel "Hayvonlar tarixi" asarida baliklarni alohida sistematik guruhga ajra-tadi; ularning tuzilishi, rivojlanishi va hayot kechirishi xususiyatlarini koʻrsatib beradi. Aristoteldan keyin bu sohadagi ilmiy maʼlumotlar faqat 15-a. ning 2-yarmidan boshlab paydo boʻla boshlaydi. 4—5 a. davomida dengiz va chuchuk suv baliqlari faunasi toʻgʻrisida juda koʻp material toʻplandi (fransuz — P. Belon va G. Rondele; italyan I. Salviani; shved P. Arteli, K. Linney; nemis — M. Blox, I. Myuller; amerikalik — D. Jarden, K. Xebs; ingliz A. Gyunter, G. Bulanje, Ch. Richen, J. Normen; rus — S. P. Kra-shenninnikov, P. S. Pallas, Gyulden-shtedt va b.).

19-a. da I. mustaqil fan sifatida zoologiyadan ajralib chiqadi. Bu davrda I. sohasidagi tadqiqotlar, asosan, baliq ovlashning jadallashishi talablari bilan bogʻliq boʻlib, ovlanadigan baliqlar miqdorining dinamikasi, ovlashning baliklar zaxirasiga taʼsiri, baliq zaxiralarini qayta tiklashga qaratiladi. 19-a. rus olimlari K. M. Ber va N. Ya. Danilevskiy Kaspiy, Azov, Kora dengiz va Shim. dengizlarda baliqchilikni tadqiq qilishdi. 19-a. oxiri va 20-a. boshida nemis F. Xeyn-ke seldni, daniyalik K. Peterson treska va kambalani, norvegiyalik Yu. Yort seld va treskaning rvlanishi masa-lalarini ilmiy jihatdan asoslab berishdi. Rossiyada bu davrdagi ilmiy tadqiqotlar baliq zaxiralarini oʻrganish, baliq ovlash uchun yangi ovchilik hududlarini tashkil etish bilan bogʻliq. Bu borada, ayniqsa, N. M. Knipovichning Murmansk, Kaspiy, Kora dengiz ekspeditsiyalarining ahamiyati kat-ta boʻldi. I.ning rivojlanishiga L. S. Berg (baliklar sistematikasi, tarqalishi, paleontologiyasi), A. N. Seversov (baliklar anatomiyasi), Ye. K. Suvorov (ovlanadigan baliklar) va b. katta hissa qoʻshishdi.

20-a. oʻrtalaridan boshlab fizika, kimyo va b. fanlar yutuklariga asoslangan mukammal metodlarning ishlab chiqilishi I. tadqiqotlarini yanada kengaytirib yubordi. Bu davrda baliqlarni qidirib topish va ovlashda gidrolokatorlar va elektr yorugʻligidan; ularning oziklanishini oʻrganishda esa radioizotoplardan foydalanila boshlandi. Har xil chuqurlikda baliqlarni oʻrganish maqsadida suv osti uskunalari (batiskaf, batiplan) va suv osti televideniyesi qoʻllanila boshlandi. Bu tadqiqotlar baliqlarning har xil tovush toʻlqinlariga, yorugʻlik, elektr va magnit maidonlari taʼsiriga reaksiyasini batafsil oʻrganishga imkon berdi.

Hozir I. sohasida keng miqyosdagi ilmiy tadqiqotlar dunyoning kupchilik mamlakatlarida, jumladan, Yaponiya, AQSH, Kanada, Angliya, Fransiya, Rossiya, GFR, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Hindiston, Avstriya, JAR va Islandiyada olib borilmoqda. Ixtiologik tadqiqotlar boʻyicha bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Dengizlarni oʻrganish xalqaro kengashi mavjud. BMT qoshidagi FAO tashkilo-tining baliqchilik boʻlimi, uning bir qancha regional kengashlari va komis-siyalari baliqchilik xoʻjaligi boʻyicha xalqaro masalalarni hal etadi.

I.ning asosiy zamonaviy muammolari baliqlarning individual va tarixiy taraqqiyoti, xattiharakati, migratsiyasi asosida dengizlarda baliqchilikni rivojlantirish, yoʻli toʻsilib, suv oqimi oʻzgartirilayotgan sharoitda ovlanadigan baliklar zaxi-rasini tiklash, hovuzlarda baliq boqishning samaradorligini oshirish bilan bogʻliq. Ovlanadigan baliklar zaxiralarini qayta tiklash, baliq resurslaridan oqilona foydalanish, suv hav-zalari ixtiofaunasini qayta qurish va kompleks meliorativ tadbirlarni amalga oshirishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish orqali suv havzalari ekosistemasi mahsuldorligini oshirish I.ning eng muhim masa-lalaridan hisoblanadi.

Turkiston, jumladan, Oʻzbekistonda I. sohasida ishlarni K. F. Kessler boshlab bergan. 1872 y. da uning "Turkiston ixtiofaunasi" asari chop etilgan. Turkiston baliqlari toʻgʻrisidagi materiallar S. M. Gersenshteyn asarlarida ham uchraydi. 1899—1903 y.da S. M. Berg Orol dengizi, Sirdaryo. Balxash va Issiqkoʻl baliqlarini tekshirib "Turkiston baliklari" monogra-fiyasini, 1928 va 1945 y. da G. V. Nikolskiy Chu, Orol, Amudaryo suv hav-zalari baliklari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Oʻzbekistonning suv havzalari: dare, koʻllari, suv omborlari va kanallari baliklarini oʻrganish, bu hav-zalarda yangi baliq turlarini iqlimlashtirishni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqish F. K. Komilov, M. A. Abdullayev, A. O. Omonov, B. H. Haqberdiyev va b.ning nomi bilan boglik. Baliklar uchun oziq boʻladigan oʻsimlik va hayvonlarni koʻpaytirishning ratsional metodlarini ishlab chiqish, yangi turlarni introduksiya qilish, meliorativ tadbirlarni amalga oshirish orqali suv havzalari mahsuldorligini oshirish Oʻzbekistonda olib borilayotgan ixtiologik tadqi-qotlarning eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Oʻzbekistonda I. sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston FA Zoologiya institutitutida, "Oʻzbaliq" davlat konserni huzuridagi Ixtiopatologiya markazipa, OʻzMU, Buxoro va Nukus davlat universitetlari va b. oliy oʻquv yurtlarining kafedralarida olib boriladi.

Magʻdi Abdullayev, Ochil Mavlonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil