Ivan Vinogradov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ivan Matveevich Vinogradov (1891.2.9, Pskov viloyati —1983, Moskva) — rus matematigi, akademik (1929). Sobiq Ittifok Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori (1932 yildan). Ilmiy ishlari turli arifmetik funksiyalarning yigʻindisini ifodalovchi taqribiy formulalarning aniqligini baholashga bagʻishlangan. Koʻp ishlari Varing muammossht hal etishga oid. Vinogradov har bir toq sonni uchta tub son yigʻindisi shaklida ifodalashning asimptotik formulasini chiqardi (1937). Vinogradov oʻzi yaratgan trigonometrik yigʻindilar usulini yanada takomillashtirdi va turli-tuman boshqa masalalarga tatbik qildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Vinogradov Ivan Matveevich" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil