Ivan I Kalita
Qiyofa
Ivan I Kalita (1284 yoki 1288 – 1340) – Moskva knyazi (1325-yil dan), Vladimirning knyazi (1328-yil dan). Moskva knyazi Daniil Aleksandrovich (1261 – 1303) ning oʻgʻli. Moskvaning siyosiy va iqtisodiy qud-ratiga asos solgan. Oltin Oʻrdadan Rusda moʻgʻullar uchun oʻlpon toʻplash huquqini olishga erishgan. I. I katta boylik toʻplagan (shundan uning laqa-bi „Kalita“ – „pul xaltasi“) va uni boshqa knyazliklardan yerlar sotib olish uchun ishlatgan. I. I davrida rus mitropolita qarorgohi Vladimirdan Moskvaga koʻchirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |