Ivan Goncharov
| Ivan Goncharov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 6 (18) iyun 1812 |
| Vafoti | 15 (27) sentyabr 1891 |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Ivan Aleksandrovich Goncharov [1812.6(18).6, Simbirsk- 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva universitetini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. „Pallada kemasi“ ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. „Oddiy voqea“ (1847), „Jarlik“ (1869) romanlari XIX asr tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-yillardagi rus voqeligi va davrning hayotiy tavsiflari aniq, tasvirlangan. „Oblomov“ (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan „oblomovchilik“ dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. „Zamon zayli“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Ivan Goncharovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Rossiyalik yozuvchilar
- 1812-yilda tugʻilganlar
- 1891-yilda vafot etganlar
- 18-iyunda tugʻilganlar
- 27-sentabrda vafot etganlar
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari
- Rossiya Imperiyasida vafot etganlar
- Rossiya imperiyasida tugʻilganlar
- Rossiya imperiyasi kishilari