Ivan Fomenko
Qiyofa
Ivan Ivanovich Fomenko (1904.13.4, Samara 1985.1.3, Toshkent) — pianinochikonsertmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artista (1967). Toshkent davlat musiqa bilim yurtini tugatgan (1931). 1920-yildan Toshkentda. Dastlab kinoteatrlar (ovozsiz kino seanslari)da, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada va sirk birlashmasida (1924—36) pianinochi, Oʻzbek davlat filarmoniyasida konsertmeyster (1936—72), Toshkent konservatoriyasida dotsent (1972-yildan). 2 jahon urushi davrida Tamaraxonim ansambli konsertlarida qatnashgan. Oʻzbek adabiyoti va sanʼati dekadalari (Moskva, 1937, 1951) ishtirokchisi. Chet el gastrollarida boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Fomenko Ivan Ivanovich" OʻzME. F-harfi (Wayback Machine saytida 2022-10-05 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |