Ivan Fatić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Fatić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-avgust 1988-yil (1988-08-21) (35 yosh)
Tavallud joyi Pljevlja, Yugoslaviya SFR
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2006 Red Star Belgrade
2006–2007 Chiasso
2007 Chievo
2007–2008 Internazionale
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2009 Internazionale 0 (0)
2008–2009Vicenza (ijara) 7 (0)
2009Salernitana (ijara) 17 (0)
2009–2011 Genoa 10 (1)
2010–2011Cesena (ijara) 2 (0)
2011–2013 Chievo 0 (0)
2011–2012Empoli (ijara) 3 (0)
2012–2013Verona (ijara) 4 (0)
2013Lecce (ijara) 3 (0)
2013 Vojvodina 2 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2010 Montenegro U21[1] 9 (0)
2009–2011 Montenegro 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-iyun uchun)

Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; talaffuzi: Ivan Fatich; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) — chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Rudar Plyevlyaning yosh toifadagi klubi murabbiyi

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatić faoliyatini Red Star Belgrad klubida boshlagan. Keyinchalik Chiasso, Chievo klublarida oʻynagan. 2007-yilning 4-iyulida A Seriyasi vakili boʻlmish „Internazionale“ klubiga 170 000 yevro evaziga oʻtgan[2].

Oʻzining ilk proffesional klubidagi rasmiy debyutini 2007-yil 19-dekabrda Regjina Calsio klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2008-yil 9-iyunda „Internazionale“ Fatićni 2008—2009-yilgi mavsum uchun Vichensaga ijaraga berganini eʼlon qildi[3].

2009-yilning iyun oyida Chievo „Inter“ning futbolchidagi 50% ulushini sotib oldi. Keyin „Genoa“ himoyachi huquqlarining yarmini „Chievo“dan sotib oldi. Bu Diego Milito va Thiago Mottaning „Internazionale“ga oʻtishi kelishuvning bir qismi boʻlgan[4]. Oʻsha paytda uning shartnoma qiymatining yarmi 200 000 yevroga baholangan[5]. U „Genoa“da bir mavsum oʻtkazdi va 3-5-2 sxemasida himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. 2010-yilning 26-iyulida Fatić bilan birgalikda egalik qilish shartnomasi yangilandi va shartoma boʻyicha Ivan Genoada qolishi kerak edi[6]. Biroq, 2010-yil Cesenaga ijaraga berildi. Klub bilan faqatgina 2010—2011-yilgi mavsumda oʻynadi[7].

2011-yil iyun oyida Chievo Fatićni 200 000 yevroga sotib oldi. Oʻsha haftada „Genoa“ ham himoyachi Francesco Acerbini „Chievo“ga 2 million yevroga sotib, Kévin Constant „Genoa“ga 7,8 million yevroga oʻtgan edi. 2011-yil 31-avgustda Fatić Empoli klubiga oʻtdi[8][9]. Empolidan qaytgach, Hellas Verona FCga ijaraga berildi[10][11].

2013-yil 31-yanvarda U. S. Lecce klubiga oʻtdi[12].

2013-yilning 28-iyulida Fatić 2+1 yillik shartnoma asosida „Voyvodina“ga qaytdi[13]. 2013-yil 10-oktyabrda shartnoma bekor qilindi[14].

2014-yil noyabr oyida Malayziya Superligasi vakili Sarawak FA bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 1-iyulida Bosniyaning „Slobodan Tuzla“ klubiga o‘tdi. Mavsum oxirida Shkupiga oʻtdi. 2018—2019-yillarda Samptedia klubida oʻynadi. Shu mavsum Oʻzbekiston superligasi vakili Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2009-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada jami 6ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „About Ivan Fatić“. Football Association of Montenegro. 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-noyabr.
  2. FC Internazionale Milano 2007-08 bilancio, Require purchase in [www.registroimprese.it CCIAA] (italyancha)
  3. „Fatić joins Vicenza on loan“. inter.it (2008-yil 9-iyul). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-iyul.
  4. „Il Genoa in rima: con Pelé c' è Dembelé“ (it). La Gazzetta dello Sport (2009-yil 10-iyun). Qaraldi: 2010-yil 21-dekabr.
  5. Genoa CFC 2009 annual report (it). C.C.I.A.A. & [www.registroimprese.it], 28 April 2010. 
  6. „UFFICIALE: Granoche è tutto del Chievo, rinnovata la comproprietà di Fatic“ (it). TUTTOMERCATOWEB (2010-yil 24-iyun).
  7. „Calcio mercato: un finale col botto per il Cesena“ (it). AC Cesena (2010-yil 31-avgust).
  8. „FATIC è un calciatore dell´Empoli“ (it). Empoli FC (2011-yil 31-avgust). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
  9. „Ufficiale: Ivan Fatic in prestito all'Empoli“ (it). AC ChievoVerona (2011-yil 31-avgust). 2012-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
  10. „Ufficiale: Ivan Fatic in prestito al Verona“ (it). AC ChievoVerona (2012-yil 17-iyul). 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-iyul.
  11. „Ivan Fatić all'Hellas Verona“ (it). Hellas Verona FC (2012-yil 17-iyul). 2016-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  12. „Ufficiale: Ivan Fatic al Lecce“ (it). Hellas Verona FC (2013-yil 31-yanvar). 2016-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  13. „IVAN FATIĆ ZA JOŠ ČVRŠĆI BEDEM“ (sr) (Google Cache). FK Vojvodina (2013-yil 28-iyul). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-may.
  14. „RAZDUŽIO SE I FATIĆ“ (sr) (Google Cache). FK Vojvodina (2013-yil 10-oktyabr). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-may.
  15. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.