Ivan Dyachkov
Qiyofa
Ivan Nikitich Dyachkov (1905.23.8, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Voronej viloyati Ternovka tumani Novo-Troitskoye qishlogʻi — 1985.18.8, Samarqand) — zootexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan zootexnik (1959), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1969) professor (1971). Moskva qoʻychilik institutini tamomlagan (1932). Samarqanddagi qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, laboratoriya va boʻlim mudiri (1935—60), institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1943—54 va 1970—75). Ilmiy ishlari qorakoʻlchilikda seleksiya va naslchilik masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofti laureati (1970).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |