Itsichqonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Itsichqonlar, tiyinsichqonlar, dumsiz sichqonlar (La-gomyidae) — kemiruvchilar toʻrkumi oilasi, 18 tacha turi bor. Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir va Shim. Amerikada tarqalgan. Tyanshan, Pomir, Kopetdogʻ, Oltoy, Hisor-Olay togʻlarida va baʼzi baland tekisliklarda 8, Oʻrta Osiyo togʻlarida 5 turi uchraydi. Dumsiz sichqon choʻllarda yashaydi. I yerga bir nechta teshikli uya qaziydi. Bir yilda 2—3 marta urchiydi, har safar 4—12 bola tugʻadi. Oʻt bilan oziqlanadi. Tanasining uz. 15—20 sm, orqa oyoqlari oldingisidan sal uzun, barmoqlari va kaftlari tuk bilan qoplangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil