Efioplar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Itioplardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Efioplar, itioplar, itoplar (yun. anxiopz — quyoshda qoraygan), habashlar — 1) qadimda — Misrdan jan.da, Nubiya va hozirgi Efiopiya hududida yashagan aholi nomi; 2) Efiopiya aholisining umumiy nomlanishi. Umumiy soni 52 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). Amxara tilily. soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar, sunniy musulmonlar; bir qismi iudaizmt eʼtiqod qiladi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Janubiy Arabistondan Efiopiyaga ayrim arab qabilalari bir necha marta koʻchib kelib kushit tillarit soʻzlashuvchi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. E.ning asosiy etnik komponentini amxara, gurage, qisman galla, tigraylar, Efiopiyaning markaziy qismida esa agau, kaffa, uolamo va boshqalar xalqlar tashkil qiladi. Ushbu xalqlar negizida efiop millatining shakllanish jarayoni bormoqda. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik.