Italo Selvelli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Italo Selvelli

Italo Selvelli (1863-yil 10-noyabr – 1918-yil 11-may) italiyalik bastakor, pianinochi va orkestr direktori boʻlib faoliyat yuritgan. Usmonlilar imperiyasining soʻnggi oʻn yilliklarida Konstantinopolda (Istanbul) yashab ijod qilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italo Jovanni Selvelli 1863-yilda Konstantinopolda tug'ilgan. Uning ota-onasi Mishel Selvelli bo'lib 1925-yil Konstantinopolda tug'ulgan. Italo Selvelli 1876-1881-yillarda Palermodagi Qirollik musiqa kollejida tahsil olgan.

1887-yildan Konstantinopolning Nouveau teatri va Konkordiya teatrida operalar, operettalar va baletlarga rejissyorlik faoliyatini olib borgan. U butun umri davomida Usmonli aristokratiyasining turli vakillariga musiqadan dars bergan.

1889-yil 16-iyunda u Anna Mariya Pussich (1866-1954) bilan oila quradi. Ularning ikki o'g'il va ikki qizlari bo'ladi.

1891-yilda Italo Selvelli Zeki Posho tomonidan asos Tophane orkestriga va musiqa maktabiga direktor etib tayinlandi.

1909-yilda Sulton Reshad Mehmed V nomi bilan imperator taxtiga oʻtirdi hamda Sultonning yangi madhiyasini bastalash uchun tanlov e'lon qiladi. Tanlangan asar Italo Selvellining polifonik kompozitsiyasi bo'lib shu vaqtdan beri "Reshadiye marshi" nomi bilan mashhuh hisoblanadi.

Italo Selvelli 1918-yil 11-mayda kuydirgi infektsiyasidan vafot etdi. Italo Selvelli Istanbul Usmonbey nasroniy qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aksoy Bulent, Usmonlilarda musiqa yevropalik sayohatchilar nigohi bilan, Pan nashriyoti, Istanbul 2003
  • Gazimihal Mahmud Ragip, Musiqa lug'ati, Milliy ta'lim bosmaxonasi, Istanbul 1961
  • Feldman Valter, Usmonli saroy musiqasi, Verlag für Wissenschaft und Bildung, Berlin, 1996 yil
  • Ozalp Mehmet Nazmi, Turk musiqasi tarixi I-II, Milliy taʼlim vazirligi nashrlari, Istanbul 2000
  • Uchan Ali, Turk musiqa madaniyati, Evrensel musiqa uyi, Anqara 2005
  • "Usmonli Marslari-Usmonli harbiy musiqasi 78 RPM yozuvlarida" CD kitobcha, Kalan 1999 yil
  • Aydin Karlibel ijrosidagi "Fortepiano uchun Turk tarixi albomi" CD risolasi, Kalan 2002
  • [1] 19 Şubat 2012 tarihinde </link> Usmonli imperiyasi musiqa madaniyatida Levant musiqachilari

Boshqa manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Istanbul Usmonbey qabristoni arxivi