It's Okay to Not Be Okay (K-drama)
Bu maqola ayni damda Alisherovna.Sh tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 04:20, 24-sentyabr 2024 (UTC) (4 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Itʼs Okay to Not Be Okay | |
---|---|
Janri | drama, romantik-komediya |
Muallif(lar) | Jo Yong |
Rejissyor | Park Shin-woo |
Rollarda | Kim Soo-hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se va Park Gyu-young |
Mamlakat | Koreya Respublikasi |
Til | Koreys |
Qismlar soni | 16 |
Qism davomiyligi | 70-85 minut |
„Itʼs Okay to Not Be Okay“ (rus. Псих, но всё в порядке, kor. 사이코지만 괜찮아) – 2020-yilda suratga olingan Janubiy Koreya teleseriali. Ssenariy muallifi – Jo Yong, rejissyor – Park Shin-woo va bosh rollarni Kim Soo-Hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se va Park Gyu-younglar ijro etishgan. Serial bolaligi shaharda oʻtgan, muhabbati tufayli qaytib kelgan, gʻayritabiy bolalar yozuvchisi Ko Moon-young va oʻz hayotini autizm kasalligiga chalingan akasi Moon Sang-taega gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlagan psixiatriya boʻlimi mutasaddisi Moon Gang-tae haqida. Serial ilk marotaba 2020-yil 20-iyundan 9-avgustgacha tvN kanalida har shanba va yakshanba kunlari Janubiy Koreya vaqti bilan soat 21:00 da efirga uzatildi va baʼzi davlat aholisi uchun Netflix platformasi orqali ham koʻrish imkoniyati yaratilgan[1].
Nielsen Korea maʼlumotlariga koʻra, serial butun mamlakat boʻylab oʻrtacha 5,4% teletomoshabinlar reytingini qayd etgan. Bu Janubiy Koreya Netflix platformasida 2020-yilning eng mashhur romantik seriali boʻldi. Koʻp tanqidchilar serialni ijobiy baholadilar; baʼzilari serialning ikkinchi yarmidagi yozuvni tanqid qilishgan boʻlsa-da, aktyorlarning ijro mahoratini yuqori baholadilar.
The New York Times jurnali „Itʼs Okay to Not Be Okay“ teleserialini „2020-yilning eng yaxshi xalqaro teleseriali“ deb taʼrifladi. „Baeksang Arts Awards“ marosimining 57-taqdirlash jarayonida k-drama ikkita gʻoliblik (Eng yaxshi yordamchi plandagi aktyor va Eng yaxshi texnik yutuq – libos dizayni uchun)ni qoʻlga kiritish bilan birgalikda sakkizta nominatsiyani ham oldi. Bundan tashqari, 49-xalqaro „Emmy Awards“da „Eng yaxshi telefilm yoki miniserial“ nominatsiyasida uning nomzodligi qoʻyildi.
Voqealar rivoji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moon Gang-tae autizmga chalingan akasi Moon Sang-tae bilan yashaydi. Sang-tae onasining oʻldirilishiga guvoh boʻlganidan keyin ular tez-tez oʻzlari yashayotgan joylarini almashtirib turishadi. Gang-Tae koʻchib oʻtgan har bir shahardagi psixiatriya boʻlimida bemorlarni parvarishlovchi xodim sifatida ishlaydi. Gang-tae shahar shifoxonalaridan birida ishlash davomida, atrofdagi turli mish-mishlarga koʻra, antisotsial shaxsiyat buzilishi kaslligiga chalingan mashhur bolalar yozuvchisi Ko Moon-young bilan uchrashadi.
Vaziyat Gang-taeni Seongjinni, bosh qahramonlarning barchasining bolaligi oʻtgan shaharda joylashgan OK psixiatriya kasalxonasida ishlashga majbur etadi. Moon-young Moon Gang-tae va Moon Sang-tae bilan birgalikda bolaligini oʻtkazganliklarini bilganidan soʻng, ular yana asta-sekinlik bilan avvalgidek doʻstlashib, Seongjinda bir-birlarining hissiy jarohatlarini davolay boshlaydilar. Shaxsiy hayotlari bilan bogʻliq koʻplab sirli jumboqlarni birgalikda yechadilar, bir-birlaridan tasalli izlaydilar va birgalikda harakat qilishadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kim Soo-hyun – Moon Gang-tae rolida;
- Moon Woo-jin – yosh Moon Gang-tae rolida;
- OK psixiatriya kasalxonasida ishchi xodim. Atrofidagi barchaga mehribon boʻlsa-da, u oʻtmishdagi tajribalari kelib chiqib, oʻzini-oʻzi hurmat qilish uchun kurashadi va akasidan boshqa hamma bilan yaqin munosabatda boʻlishdan qochadi.
- Seo Yea-ji – Ko Moon-young rolida>;
- Kim Su In – yosh Ko Moon-young rolida;
- Antisotsial shaxs buzilishiga chalingan mashhur bolalar yozuvchisi. Uning ota-onasi bilan munosabatlari va bolaligi yaxshi kechmaydi. Gang-tae bilan sodir boʻlgan tasodifiy uchrashuvdan soʻng, u psixiatriya shifoxonada bemorlarni parvarishlovchi xodimning eʼtiborini jalb qilish uchun haddan tashqari harakat qiladi.
- Oh Jung-se – Moon Sang-tae rolida<;
- Lee Kyu-sung – yosh Moon Sang-tae rolida;
- Moon Gang-taening autizmga chalingan akasi, Moon-youngning muxlisi hamda intiluvchan illyustrator. Moon sang-tae onasining oʻldirilishiga yagona guvoi boʻlgani, unda kapalaklarga nisbatan irratsional qoʻrquvning paydo boʻlishiga olib keladi. Har bahorda bemorning qoʻrquvi dahshatli tushlarga aylanib va Gang-taeni „kapalaklardan qochish“ uchun u bilan shahardan shaharga koʻchib yurishiga majbur qiladi.
Suratga olish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]„It’s Okay to Not Be Okay“ filmi „Studio Dragon“ tomonidan suratga olingan boʻlib, ssenariy Jo Yong tomonidan yozilgan, Park Shin-woo rejissyor hamda „Story TV“ va „Gold Medalist“ tomonidan efirga tayyorlangan[2]. Jo Yong dramani hayotida sodir boʻlgan real voqealarga, shaxsiyatidagi hissiy muammolar mavjud boʻlgan erkak bilan bo'lgan suhbatiga asoslab yaratadi[3][4]. Muallif autizmga chalingan bemorlarning hikoyalarini tinglash orqali Moon Sang-tae xarakterini kengroq ochib beradi va rivojlanishida nuqsoni boʻlgan odamlar ishlaydigan Bear Better ijtimoiy korxonasi bosh direktori tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan foydalanadi[5][6]. Moda direktori Cho Sang-kyung kostyumlarga rahbarlik qilgan, dizayner Minju Kim esa Ko Moon-youngning baʼzi liboslarini loyihalashtirgan[7].
Media
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dramada ko‘rsatilgan beshta bolalar ertak kitobini Jo Yong yozgan va kontseptual rassom Jamsan tomonida tasvirlangan[8]. Ular 2020-yil iyul va avgust oylarida Wisdom House nashriyoti tomonidan koreys tilida chop etilgan[9]. Kyobo kitob markazi va YES 24 tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, foydalanilgan beshta kitobning barchasi "Oyning eng koʻp sotilgan 20 ta kitobi" roʻyxatiga kiritilgan va ularning sotuvi 9 baravarga oshganligi qayd etiladi[10][11]. 2021-yilda esa beshta kitobning barchasi Vu Jae-Hyung tomonidan braziliya va portugal tillariga tarjima qilinib, mart va may oylarida Intrínseca nashriyotida bosmadan chiqariladi[12].
№ | Kitob nomi (Inglizcha tarjimasi) | Sahifalar soni | Nashr etilgan sana | ISBN |
---|---|---|---|---|
1 | Zombie Kid (좀비아이) | 24 | 13-iyul, 2020-yil | ISBN 979-1-1909-0815-3 |
2 | The Boy Who Fed on Nightmares (악몽을 먹고 자란 소년)[a] | 16 | 18-iyul, 2020-yil | ISBN 979-1-1909-0816-0 |
3 | The Dog of Spring Day (봄날의 개) | 16 | 30-iyul, 2020-yil | ISBN 979-1-1909-0817-7 |
4 | The Hand, the Monkfish (손, 아귀) | 20 | 15-avgust, 2020-yil | ISBN 979-1-1909-0868-9 |
5 | Finding the Real Faces (진짜 진짜 얼굴을 찾아서) | 24 | 31-avgust, 2020-yil | ISBN 979-1-1909-0874-0 |
Sountreklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„It's Okay to Not Be Okay“ | |
---|---|
Turli ijrochilar tomonidan musiqiy albom | |
Chiqarilgan sanasi | 9-avgust 2020-yil |
Davomiyligi | 102:09 |
Til | Koreys, ingliz |
Leybl |
|
2021-yil 9-avgustda raqamli ketma-ketlik ravishda chiqarilgan „Itʼs Okay to Not Be Okay“ serialiga bagʻishlangan saundtrek albomi musiqa direktori boʻlgan Nam Hye-seung tomonidan yozilgan[13]. Albomda serial qismlaridan 16 ta qoʻshiq, shuningdek, singl va 20 ta partitura ham yigʻilgan[14]. Unda Janet Sugh, Heize, Sam Kim, Park Won, Lee Su-hyun, Kim Feel, Cheeze, Yongzoo va Elainelarning vokal chiqishlari mavjud[15]. Tayyor boʻlgan albom 15-avgust kuni tugaydigan haftalik Gaon Albomlar Roʻyxatida 14-oʻrinda debyut, keyingi haftada esa toʻrt pogʻona yuqorilab, 10-oʻrinni qayd etdi[16][17].
№ | Nomi | Ijrochi | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1 | "You’re Cold" (더 많이 사랑한 쪽이 아프대; The One Who Loved You More Hurts) | HEIZE | 3:54 |
2 | Breath (숨) | Sam Kim | 4:13 |
3 | My Tale | PARK WON | 3:46 |
4 | "Wake Up" | Elaine | 4:14 |
5 | "Got You" | GA EUN | 3:13 |
6 | "Your Day" | Kim Ki Won feat. Kim Bom | 1:51 |
7 | "In your time" (아직 너의 시간에 살아; I’m Still Living in Your Time) | LEE SUHYUN | 4:28 |
8 | "In Silence" | Janet Suhh | 3:29 |
9 | "I’m Your Psycho" | Janet Suhh | 3:29 |
10 | "Lighting Up Your World" | Janet Suhh | 3:18 |
11 | "Hallelujah" (나도 모르는 노래; A Song I Donʼt Know) | Kim Feel | 4:27 |
12 | "Little by Little" (너라서 고마워; Thank You For Being You) | CHEEZE | 4:26 |
13 | "Puzzle" (퍼즐) | YONGZOO | 3:55 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kang, Minji „Korean Romance Drama It's Okay to Not Be Okay To Premiere on Netflix in June“. Netflix Media Center (2020-yil 23-mart). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
- ↑ Jo, Yoo-kyung „ko:'사이코지만 괜찮아' 박신우 감독·조용 작가가 전하고픈 메시지“ [A message from director Park Shin-woo and writer Jo Yong] (ko). Naver. Sports Dong-A (2020-yil 18-iyun). 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
- ↑ Bigtas, Jannielyn Ann „Hit K-drama series 'It's Okay To Not Be Okay' is based on its writer's love story“. GMA News Online (2020-yil 13-oktyabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
- ↑ Han, Hae-Seon „ko:'사괜' 작가 "내 연애담의 반성문..김수현 캐스팅 기적"(인터뷰①)“ ['It's Okay' writer, "The reflection of my love story..Kim Soo-hyun casting miracle" (Interview ①)] (ko). Naver. Star News (2020-yil 17-avgust). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
- ↑ Bigtas, Jannielyn Ann „Hit K-drama series 'It's Okay To Not Be Okay' is based on its writer's love story“. GMA News Online (2020-yil 13-oktyabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
- ↑ Yoo, Seong-woon „ko:'사이코지만 괜찮아' 조용 작가, 오정세 연기 보며 울었다“ ['It's a psycho, but it's okay' writer Jo Yong cried while watching the acting Oh Jeong-se] (ko). JoongAng Ilbo (2020-yil 19-avgust). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
- ↑ Yoo, Ji-yeon „ko:서예지의 판타지 패션 창조한 조상경, 김민주 알고 보니“ [It turns out that Cho Sang-kyung and Kim Min-ju, who created Seo Ye-ji's fantasy fashion] (ko). JoongAng Ilbo (2020-yil 21-iyul). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
- ↑ Kwak, Yeon-soo „INTERVIEWConcept artist discusses success behind 'It's Okay to Not Be Okay' storybooks“ (ingliz). The Korea Times. Oh Young-jin (20-avgust 2020-yil).
- ↑ „ko:사이코지만 괜찮아 특별 동화 세트“ [Psycho But It's Okay Special fairy tale set] (ko). Kyobo Book Centre. 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
- ↑ Kwak, Yeon-soo „[INTERVIEW Concept artist discusses success behind 'It's Okay to Not Be Okay' storybooks“]. The Korea Times (2020-yil 20-avgust). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
- ↑ Kim, Joon-eok „ko:교보문고 "한국소설 판매량 역대 최다...지난해보다 30% 늘어"“ [Kyobo Bookstore "A record high in sales of Korean novels...30% increase from last year"] (ko). Yonhap (2020-yil 23-sentyabr). 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Coleção Completa inspirada no k-drama It's Okay not to be okay da Netflix chega em maio“ [Complete Collection inspired by Netflix's k-drama It's Okay not to be Okay] (2021-yil 1-mart). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ Kim, Jun-seok „ko:'사이코지만 괜찮아' OST 전체음원, 오늘(9일) 공개…헤이즈→이수현까지[공식“] ['Psycho But It's Okay' OST album released today (9th)... Heize → Lee Su-hyun [Official]] (ko). The Chosun Ilbo (2020-yil 9-avgust). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
- ↑ Kim, Jin-seok „ko:36곡 수록한 '사이코지만 괜찮아' O.S.T 앨범 오늘 공개“ ['Psycho But It's Okay' OST album with 36 songs released today] (ko). JoongAng Ilbo (2020-yil 9-avgust). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ 김, 준석 „'사이코지만 괜찮아' OST 전체음원, 오늘(9일) 공개…헤이즈→이수현까지[공식“] (koreys). The Chosun Ilbo. 홍준호 (9-avgust 2020-yil).
- ↑ „ko:2020년 33주차 Album Chart“ [2020 Week 33 Album Chart] (ko). Gaon Music Chart (august 9–15, 2020). 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ „ko:2020년 34주차 Album Chart“ [2020 Week 34 Album Chart] (ko). Gaon Music Chart (august 16–22, 2020). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.