Isteʼmol krediti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isteʼmol krediti - isteʼmol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablagʻlari yoki tovarlardan iborat kredit. Odatda, aholining qimmatbaxr tovarlarni harid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala hovli, yaxta va h. k.) borki, ularni harid etish uchun joriy daromadlar yetishmay qoladi, ularni narxi yuqori boʻlganidan nasiyaga olish zarurati paydo boʻladi. I.k. bevosita (bunda tovar egasi uni haridorga oʻz nomidan nasiyaga sotadi va haridorni oʻzining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank beradi, yaʼni tovar xa-qini toʻlab yuboradi va haridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz boʻlib qoladi) kredit berish orqali amalga oshiriladi. I. k. berilganda haridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda kaytariladigan pul tarkibida tovar nakdiga sotiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham toʻlaydi. Ammo tovarlarni sotish mushkullashganda va aholining muayyan qatlamini qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlganda foizsiz kredit ham ochiladi. Mas, talabalarga oʻqish haqini toʻlash uchun I. k. ochilganda foiz undirilmasligi mumkin. Firma oʻz ishchisi yoki xizmatchisiga tovar olish, oʻqish yoki davolanish uchun arzon yoki foizsiz kredit beradi. I. k. isteʼmolchini zamonaviy, lekin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi daromad topishga intilish hosil qilish (chunki qarzni tulash qoʻshimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvini oshirib, kapital oborotini tezlashtiradi. Koʻpchilik xori-jiy davlatlar, xususan, AQShda aholiga I. k. berish keng rivojlangan. Ularda isteʼmolchilar kundalik ehti-yoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va b. ni ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi isteʼmolchining kelgusida ishlagan haqidan undirib olinadi.

I. k. hamma yerda emas, balki toʻyingan bozor (daromad topib qarzni toʻlash imkoni bor) yerda amal qiladi. Oʻzbekistonda 90-y. larning 2-yarmidan boshlab "Oʻzuyjoyjamgʻarmabank" davlat-aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki aholiga kvartiralar sotib olish uchun I. k. ajratadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil