Isteʼmol fondi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isteʼmol fondi — muayyan vaqt (mas, bir yil) da yaratilgan mahsulot va xizmatlarning aholi joriy isteʼ-moliga sarflanadigan qismi; maqsulot va xizmatdar vazifasiga kura isteʼmol buyumlari va ishlab chiqarish vo-sitalari (resurelar) dan iborat buladi. Birinchi qism hisobidan I. f. shakllanadi. Ammo, uning pul-qiymat shakli ham boʻlib, bu isteʼmolga moʻljallangan mahsulot va xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. I. f. gʻoyat xilmaxil va tenglashtirib bulmaydigan tovarlardan iborat boʻlganidan, moddiy oʻlchamlarda emas, balki qiymat shaklida hisoblanadi. I. f. hajmi mamlakatning i.ch. qudrati va yalpi milliy mahsulotning taqsimlani-shiga bogʻliq (mas, 1996-yil AQSH mahsuloti 7,4 trln. dollar, Yaponiyaniki 5,1 trln. dollarga teng buldi. Ammo, I. f. AQShda shu mahsulotning 7,8%, Yapo-niyada esa 65% dan iborat buldi, chunki bunda investitsiya ulushi katta.) I. f. jon boshiga hisoblangan hajmi aholi farovonligining asosiy kursatkichi hisoblanadi. Bu koʻrsatkich milliy investitsiya hajmiga bogʻliq. Agar mamlakatga xorijiy investitsiyalar qancha koʻp kirib kelsa, milliy investitsiyani qisqartirish hisobidan I. f.ni oshirish ehtimoli shuncha katta buladi. I. f., qamrov darajasiga kura, umummamlakat darajasidagi I. f. (davlat byudjeti vositasida shakllanadi va ijtimoiy fondlar shaklini oladi), firma va xujaliklar darajasidagi I. f. (korporativ guruhiy fondlar shaklida) va xonadon darajasidagi I.f. ga (individual fondlar shaklida boʻlib, xonadonning isteʼmol byudjetida namoyon boʻladi) ajraladi. Oila daromadi I.f. (oila daromadining ehtiyojni qondirishga ketgan qismi) va jamgʻarish fondi (oila daromadining jamgʻarma qismi)ga bulinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil