Issiqkoʻl (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Issiq-koʻl (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Issiq-koʻl tumani
Ысык-Көл району
tuman
Tarkibida Issiq-Koʻl viloyati
Maʼmuriy markazi Choʻlpon-Ota
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 75 533 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 84,2%
ruslar — 11,6%
qozoqlar — 2,3%[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Issiq-koʻl tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Avtomobil raqami kodi I

Issiq-koʻl tumani(qirgʻ. Ысык-Көл району) - Qirgʻiziston Respublikasining Issiq-koʻl viloyatidagi tuman.

Markazi - Choʻlpon-Ota.

Tarixi[tahrir]

Issiq-koʻl tumani 1962 yilda Baliqchi, Issiq-koʻl rayonlarining birlashishi natiyjasida tuzilgan.

Geografiyasi[tahrir]

Issiq-Koʻl qirgʻogʻi

Tuman Issiq-koʻl vohasining, Kungay Olatogʻning janubiy boʻligini egallaydi. Maydoning tuzilishi boʻyicha togʻlik va tekkisliklardan iborat. Tumanning koʻpgina qismini Issiq-koʻl qirgʻoqlari va togʻlar yon bagʻridagi adirlar egallaydi. Togʻlarning oʻrtacha balandligi 1700-2000 metrni tashkil qiladi. Eng baland nuqta Chok-Tal choʻqqisi boʻlib, uning balandligi 4771 metrni tashkil qiladi.

Aholisi[tahrir]

2009 yilgi Qirgʻiziston aholisining roʻyxatga olish natijasiga koʻra, tumanda 75533 kishi istiqomat qiladi.

Tumanda asosan qirgʻizlar istiqomat qiladi, 63580 kishi (yoki 84,2 %), ruslar — 8777 kishi yoki 11,6 %, qozoqlar — 1715 kishi yoki 2,3 %, oʻzbeklar — 237 kishi yoki 0,3 %, tatarlar — 231 kishi yoki 0,3 %, ukrainlar — 229 kishi yoki 0,3 %, uygʻurlar — 149 kishi yoki 0,2 %, olmonlar — 146 kishi yoki 0,2 %.[1]

Aholining koʻpchiligi asosan Issiq-koʻlning qirgʻoqlariga joylashgan.

Aholi punktlari[tahrir]

Issiq-koʻl tumani tarkibiga 12 ovul okrugi, va 30 ovul (qishloq), 1 shahar kiradi:[2]

  • Choʻlpon-Ota- shahri
  • Ananyev ovul okrugi:
  • Boʻsteri ovul okrugi:
  • Sadir-Ake ovul okrugi:
  • Qora-Oʻy ovul okrugi:
  • Qum-Bel ovul okrugi:
  • Semenov ovul okrugi:
  • Tomchi ovul okrugi:
  • Abdiraxmanov ovul okrugi:
  • Temirov ovul okrugi:
  • Toru-Aygir ovul okrugi:
  • Oʻrukti ovul okrugi:
  • Choʻn-Sari-Oʻy ovul okrugi:

Gallereya[tahrir]

Manbalar[tahrir]