Ismail Sagʻitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ismail Tanatarovich Sagʻitov (1908.2.8, Qoraqalpogʻiston, Xoʻjayli tumani — 1993, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1966). Filol. fanlari d-ri (1963), prof. (1965). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). "Qizil Qoraqalpogʻiston" gaz.da boʻlim mudiri (1935), muharrir (1936—37). Qoraqalpogʻiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941), direktor (1943) va bosh muharrir (1952—55). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi (1943—46). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻistondagi Kompleks iqtisod va madaniyat i.t. institutida ilmiy xodim (1946—52), direktor oʻrinbosari (1955— 58), N. Davqarayev nomidagi Tarix, til va adabiyot intida boʻlim mudiri. Ilmiy faoliyati Qoraqalpoq qahramonlik eposi mavzuiga bagʻishlangan.

Ac: Berdaq — buyuk shoir—vatanparvar, Nukus, 1943; Berdaq ijodi, Nukus, 1958; Qoraqalpoq xalq qahramonlik eposi, T., 1963; Zamon va adabiyot, Nukus, 1969.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil