Islom sanʼati muzeyi
Qiyofa
Islom sanʼati muzeyi — Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira shahrida 1882-yilda asos solingan. 1952-yilgacha Arab sanʼati muzeyideb atalgan. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiyaning oʻrta asrlar monumental byozak va amaliy sanʼat asarlarini jamlagan. Muzey toʻplami negizini Qohira masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Krhirada qazib olingan topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda oʻta qimmatbaho qoʻlyozma kitoblar va miniatyuralar, yogʻoch oʻymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari tasvirlangan relyeflar, XI asr va boshqa), kulollik, kandakorlik, rangli emal bilan naqshlangan shisha (masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va boshqa saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |