Islom olami kongressi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Islom olami kongressi (IOK) — musulmon mamlakatlari arboblarini birlashtirgan birinchi xalqaro islom tashkiloti. 1926 y.da Makkada tashkil etilgan. Qarorgohi Karochi sh. (Pokiston)da. IOK faoli-yatida musulmonlarning har yilgi haj ziyorati tugagan vaqtda toʻplanadigan Oliy Kengash rahbarlik qiladi. IOK bir necha i. t. markazlari orqali islom tarixi, aqidalari, falsafasi sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi, islom mavzuidagi nashrlar (xususan, "Musulmon olami" jurnali)ni chiqarib turadi, uning ix-tiyorida "Islom ovozi" radiostansiyasi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil