IslamInSpanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IslamInSpanish taʼlimiy, notijorat tashkilot boʻlib, audiovizual vositalar (DVD, televizor, audio CD, radio va interaktiv veb-sayt) orqali butun dunyo boʻylab ispan tilida soʻzlashuvchi nsonlarga islom haqida maʼlumot berishga harakat qiladi. U oʻz materiallarni Qoʻshma Shtatlar va ispan tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda tarqatadi. Tashkilot Texasning Xyuston shahrida tashkil etilgan.

2013-yilda IslamInSpanish Xyuston hududidagi ikkita joyda ispan tilida xutbalar (maʼruzalar) bera boshladi. Haftalik sessiyalar butun dunyo boʻylab ispan tilida soʻzlashuvchi musulmon aholisiga onlayn tarzda uzatiladi[1]. 2016-yilda IslamInSpanish Xyustonda ispan tilida soʻzlashuvchi birinchi masjidni ochgan. IslamInSpanish, Texas Davah Konvensiyasi bilan hamkorlikda 2016-yil dekabr oyida birinchi milliy Latino musulmonlari konvensiyasini tashkil qilgan.

Tashkilotning asosiy taʼsischisi – Jaime Fletcher hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Friday Weekly Spanish Khutbah @ Centro Islamico“. IslamInSpanish. 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]