Iskifagn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iskifagn — oʻrta asrlarda Kesh viloyatining Xuzor rustoqida joylashgan yirik shahar. Shahar nomi tarkibida sugʻdiycha "fagn" soʻzining borligi bu yerda mahalliy maʼbudlarga atalgan ibodatxona boʻlganligidan dalolat beradi. Shunga koʻra, uni sugʻdiycha "Juda baland ibodatxona" yoxud turki ycha "eski ibodatxona", deb atash mumkin. "Hudud ul olam"pya bu shahar Sakifagn shaklida uchraydi. I. oʻrnida hozir Gʻuzordan 9 km shim.da joylashgan yirik Xoʻjabuzruktepa shahar harobasi joylashgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. 6-asrda vujudga kelib, 13-asr boshida moʻgʻullar istilosi natijasida vayron boʻlgan. V. V. Bartoldning fikricha, I. atamasi hozir Eskibogʻ qishlogʻi nomi koʻrinishida saqlanib qolgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil