Isitma tushiruvchi dorilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isitma tushiruvchi dorilar — termoregulyasiya markazlariga taʼsir etib, ularning qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradigan va teri tomirlarini kengaytiradigan dorilar. Bunday dorilar badan sirtiga koʻproq qon keltiradi, ter chiqishini oshiradi va shu bilan organizmdan tashqariga issiklik chiqishini kuchaytiradi (fenatsetin, antipirin, amidopirin, analgin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislota — aspirin va b.). Bular yalligʻlanishni kamaytiradi va ogʻriqni bosadi. I. t. d. koʻpincha birbiri b-n, shuningdek, kofein bilan birga ishlatiladi, mas, analgin + amidopirin + kofein; atsetilsalitsil kislota + fenatsetin + kofein va h. k. Bundan tashqari, reopirin (butadion + amidopirin), baralgin (analgin + pitofenon + feniveriniy) va sedalgin (kodein + kofein + fenatsetin + atsetilsalitsil kislota + fenobarbital) degan preparatlar ham ishlab chiqariladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil