Isitish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isitish — turar joylar, sanoat binolari, muassasalar va b. jamoat binolarini yilning sovuq paytlarida sunʼiy isitishga doir tadbirlar majmui. Kishilar oʻzini yaxshi his qilishi, texnologik jarayonlar meʼyorida oʻtishi, jixrzlar, materiallar, mahsulotlar va b. yaxshi saklanishi uchun xona temperaturasi moʻʼtadil (turar joylarda + 18°, tomosha zallarida +16°, kasallar operatsiya qilinadigan xonalarda +25° va h.k.) boʻlishi kerak.

I. qurilmalari majmui isitish tizimi deb ataladi. U mahalliy va markaziy I.ga boʻlinadi. Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida I. mahalliy isitish tizimiga kiradi. Markaziy isitish tizimi issiqlik generatori (qozon), qizish asboblari (radiatorlar, reyestrlar) va issiklik yoʻllari (quvurlar)dan iborat. Issiklik generatorida yoqilgʻi (koʻmir, gaz, baʼzan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bugʻ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali borib, qizish asboblarini, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv temperaturasini oʻzgartirib, xona temperaturasini bir meʼyorda saklash mumkin. Issikdik eltuvchi turiga qarab, markaziy I. suv bilan isitish, bugʻ bilan isitish va havo bilan isitish xillariga boʻlinadi. Bitta generator bir yoki bir necha binoni isitadi. Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isitilishi va issiq suv bilan taʼminlanishi mumkin. Suv bilan isitish va havo bilan isitish tizimlari turar joylar, oʻquv muassasalari, kasalxonalar, bogʻcha, yasli va b. binolarni I.da, bugʻ bilan isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolarinigina I.da qoʻllanadi. Bulardan tashkari, gaz bilan isitish, elektr bilan isitish, aralash (kombinatsiyalashgan) isitish, nur bilan isitishpzm ham foydalaniladi. Yirik panelli binolarda radiatorlar, quvurlar devor yoki pol orasiga oʻrnatiladi. Kam qavatli va yakka (xususiy) binolarni isitishda pech bilan isitish usulidan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil