Ishqoriy-yer metallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishqoriy-yer metallar - Mendeleyev davriy sistemasining ikkinchi guruhi berilliy guruhchasidagi magniy, kalsiy, stronsiy, bariy, radiy elementlari. Ular S-elementlar boʻlib, asl metallardir. Bu metallar atomlarining tashqi pogonasida ikkitadan elektron boʻlib, birikmalar hosil qilganda ularni berib, oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻladi.

I.-ye.m. — kuchli qaytaruvchilar, lekin ishqoriy metallarga qaraganda birmuncha kuchsizroq. Ular kimyoviy jihatdan ancha faol boʻlib, havoda oson oksidlanadi. Bunda RO koʻrinishidagi asosli oksidlar hosil boʻladi, ularga R(OH)2 tuzilishidagi asoslar muvofiq keladi.

I.-ye.m. vodorod bilan birikib, umumiy formulasi RH2 boʻlgan gidridlar hosil qiladi. Ushbu metallardan magniy va kalsiy katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil