Kontent qismiga oʻtish

Ishqalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishqalash, ishqalab moslash — asosan, juft boʻlib ishlaydigan detallarni bir-biriga moslash, ularga mexanik ishlov berish. Oʻlchamiga yetka-zish va bir-biriga ishqalash stanoklarida ishqalagich asbob yordamida yoki ikkala detal (mas, klapan va klapan egari) ni abraziv material yordamida ishqalab amalga oshiriladi. Bunda tashqi silindrik yuzalarga halqa koʻrini-shidagi ishqalagichlar bilan, teshiklarga oʻlchami oʻzgaradigan silindrlar koʻrinishidagi ishqalagichlar bilan, yasen yuzalarga disksimon ishqalagichlar bilan, tishli gʻildiraklarga tishlari tishli gʻildirak koʻrinishidagi ishqa-lagichlar bilan ishlov beriladi. Ishkalagichlar choʻyan, pulat, mis, jez va boshqa materiallardan tayyorlanib, ular ishlov beriladigan detallar materiallaridan yumshoqboʻladi. I. mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik va boshqada keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil