Kontent qismiga oʻtish

Ishqalanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi I. — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashqi I. kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bog'liq boʻlgan I. koeffitsiyenti, N — jismga qo'yilgan kuch. Biron jismning boshqa jism sirti bo'ylab qanday harakat qilishiga qarab, statik I. yoki tinchlikdagi I. va kinetik I. xillari mavjud.

Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga I. kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, I. vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi I. tinchlikdagi I. deyiladi. Tinchlikdagi I. kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib I. va du-malab I. yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan I. kuchiga sirpanib I. kuchi deyiladi; sirpanib I. kuchi jismning tegib turgan boshqa jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida I. kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha I. kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib I. koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab I. koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik I. deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab I. kuchi sirpanib I. kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. I. kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi (qarang Podshipnik).

Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi I. ga quruq I. deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) bilan bogʻliq boʻlgan suyuq I. ham mavjud. Suyuq I. kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch bilan jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Mas, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi.

Koʻpgina hollarda I. ning foydali tomoni bor. Masalan, yoʻl sirti yaxlagan vaqtda silliq boʻlganligi uchun yoʻl sirti bilan piyodalar poyabzalining tagligi yoki transport vositasi gʻildiragi orasida I. ning keskin kamayib ketishi piyodalar va transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib yuboradi. I. boʻlmasa qoqilgan mixlar tushib, rezbali birikmalar boʻshab qolardi. Baʼzi hollarda I. ning zararli tomonlari ham mavjud. Mas, turli transport vositalari, samolyotlar, suv osti kemalari gorizontal yoʻnalishda oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotganda I. kuchini yengish uchun juda koʻp miqdorda yonilg-i sarf qiladi. Bundan tashqari, I. lar mashina va mexanizmlarning yeyilishiga sabab boʻladi (ularning f.i.k. ni kamaytiradi). Shuninguchun I. ni kamaytirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. I. ksharini kamaytirishning eng sa-marali usullaridan biri sirpanib I. ni dumalab I. ga almashtirish, ishqalanuvchi sirtlarni moylash (bunda I. kuchi 8— 10 marta kamayadi). 2) Ichki I. — qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki I. — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki I. turli usullar bilan (mas, deformatsiya paytida jism temperaturasining oʻzgarishi asosida) oʻlchanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil