Ishonuvchanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishonuvchanlik (psixologiyada) — ishontirishta beriluvchanlik. Beriluvchanlik darajasi ishontiruvchining taʼsiriga berilishga va boʻysunishga ichki tayyorgarligi bilan belgilanadi. I. individning sharoitga va shaxsiy omillarga kay darajada boglik ekanini koʻrsatib turadi. Shaxsning yuqori I. xususiyatlariga oʻz-oʻziga ishonmaslik, oʻzining norasoligini his qilish, itoatkorlik, jurʼatsizlik, tortinchoklik, xavotirlanish, taʼsirlanuvchanlik, mantiqiy tafakkurning sustligi, psixik faoliyat jarayonining sekinligi kiradi. Subʼyektning psixofizik holati, muhokama qilinayotgan masalada yoki bajarilayotgan faoliyat turida xabardorlik, kompetentlilik darajasining pastligi, qaror qabul qilish uchun vaqtning kamligi shaxsda I. ning oshi-shiga taʼsir koʻrsatadi. Har bir odam maʼlum sharoitlarda kandaydir darajada ishonuvchan boʻlishi mumkin. I. ning ikki turi aniqlangan. Birinchi-si, oʻz-oʻzini ishontirishga, gipnozga nisbatan sezgirlik, ikkinchisi esa boʻysunish munosabatlari, subʼyektning oʻziga beradigan bahosining pastligi bilan bogʻliq. I. shaxs psixikasining normal xususiyati, ammo haddan ziyod I. xulq-atvorni izdan chikarishi mumkin va u salbiy sifat deb baholanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil