Ishonchli vakil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishonchli vakil - 1) Oʻzbekiston Respublikasida Oliy Majlis deputatligiga nomzod yoki Xalq depu-tatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodning vakili. I.v. nomzodning deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek, saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladi. I. v. toʻgʻrisidagi qonunqoidalar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida" (1993 y. 28 dek.), "Xalq de-putatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may) Oʻzbekiston Respublikasinig qonunlarida belgilangan; 2) biron-bir shaxs tomonidan muayyan huquqiy oqibatlarni keltiruvchi xattiharakatlarni sodir etish, muayyan vazifalarni bajarish majburiyati yuklangan shaxs. U mazkur vazifalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida, oʻziga berilgan vakolatlar doirasida, bo-shqa bir shaxs topshirigʻiga binoan va uning nomidan amalga oshiradi. I. v. ga oid asosiy qonun-qoidalar FKning 129—134-moddalarida belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil