Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi - bir necha bir-biriga yaqin, turdosh mahsulot turlarini i.ch.ning yirik korxonalarda, katta boʻlmagan mintaqa doirasida toʻplanishi. Konsentratsiyalashuv i.ch.ni monopollashtirib, yirik korxonalar qurish uchun boshlangʻich kapital sarfini oshirish imkonini beradi. Yirik konsentratsiyalashgan korxonalarda qayta qurish(rekonstruksiya) ishlarini olib borish, mahsulotni yangilash qiyin kechadi. Biroquning oʻziga yarasha afzalliklari ham bor. Mas, konsentratsiyalanish yuqori darajada boʻlgan korxonalarda i.ch.ni kombinatsiyalashtirish, ixtisoslashtirish ja-rayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkoniyatlari koʻproq. I.ch.k. darajasini aniqlash uchun korxonalar mahsulot hajmi, xodimlar soni, asosiy i.ch. fondi boʻyicha ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi aniqlanadi. Konsentratsiyalashuv jarayoniga ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligi, texnologik ishlov berish usullarining harakteri, xom ashyo bazasining mikyosi va ishlab chiqariladigan mahsulotga shu hududdagi talab miqdori kabi omillar taʼsir koʻrsa-tadi. Bu jarayon 20-asr ning 20—30-y. larida bir qancha mamlakatlarda avj oldi. Ayniqsa, metallurgiya, avtomo-bilsizlik, aviatsiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, poyabzal, kandolatchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, togʻkon, qurilish materiallari i.ch. kabi bir qancha sanoat tarmoklarida konsentratsiyalanish keng koʻlamda amalga oshirildi. Hoz. vaqtda yuqori unumli, ixcham, katta tezlikda ishlaydigan da-stgoxlar, uskunalar, mashinalar maj-mui, shuningdek, xom ashyo, materiallarni qisqa yoʻl bilan tayyor mahsulotga aylantiruvchi (kam bosqichli) ilgʻor texnologiyalarning yaratilishi bilan yirik konsentratsiyalashgan korxonalar, umuman, i.ch. ni konsentratsiyalashtirishga ehtiyoj qolmadi. Aksincha, kichik va oʻrta korxonalar konsentratsiyalashgan yirik korxonalarga nisbatan koʻproq afzalliklarga (mahsulotni tez yangilash, bozor talablariga tezda moslashish, qayta qurish ishlarini kam sarf bilan qisqa fursatda amalga oshirish va b.) ga ega (mas, rivojlangan mamlakatlarda kichik va oʻrta korxonalar salmogʻi 70—90% ni tashkil etadi). Biroqtadqiqot va taxlillar av-tomobilsozlik, traktorsozlik, neftni kayta ishlash, kimyo, metallurgiya kabi bazaviy sohalarda konsentratsiyalashuv maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatadi. Chunki bu sohalarda mahsulot i.ch. koʻp bosqichli, miqyosi katta, uzluksiz jarayon boʻlib, koʻplab operatsiyalarni ketma-ket bajarishga toʻgʻri keladi.

Sadir Salimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil