Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish - iqtisodiy omillar yordam ida korxona iqti-sodiy manfaatlariga taʼsir koʻrsatadi. I.ch.i.r. moddiy i.ch.ni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan I.ch.i.r. imtiyozli kreditlar berish, i.ch.ga toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalar ajratish, soliq im-tiyozlari berish, tashki faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, davlat harid narxlarini koʻtarish, ish haqidan olinadigan soliqlar stavkasini pasaytirish, eksport-import tovarlarini boj toʻlovidan ozod qilish va b. dan iborat. I.ch.i.r. korxona bilan davlat oʻrtasidagi, korxonalararo hamda korxona bilan uning xodimlari orasidagi iqti-sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun I.ch.i.r. ayni vaqtda, moddiy i.ch. dagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini ham aks ettiradi. Davlat bilan korxona orasidagi iqtisodiy munosabatlar korxonada olingan foydani taqsimlash, ishlab chiqarilgan mahsulotga narx qoʻyish, i.ch. fondlari uchun toʻlov meʼyorlarini belgilash, korxonaga zarur boʻlganda kredit berish va b. tadbirlarda namoyon boʻladi. Korxona bilan xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar esa ishchilar (mutaxassis)ning shaxsiy moddiy manfaatini qondirish uchun boʻlgan intilishlarida va ularning mehnatiga qarab haq toʻlashda oʻz aksini topadi.

I.ch.i.r. tizimi xodimlarining oʻz mehnat natijalaridan bevosita moddiy manfaatdorligini taʼminlagan taqdirdagina yaxshi samara beradi. Shu tufayli I.ch.i.r. ni takomillashtirish, dastavval xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishni taqozo qiladi. Ishchilarni moddiy ragʻbarlantirish, asosan, ish haqi, mukofotlash, kashfiyot, ixtiro va ra-sionalizatorlik takliflari uchun taqdirlash orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning fonda va b. manbalar hiso-biga tashkil qilinadigan iqtisodiy ragʻbatlantirish fondlari, ijtimoiymadaniy tadbirlar va i.ch.ni rivojlantirish fondlari I.ch.i.r. da katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil