Ishlab chiqarish tajribasi
Ishlab chiqarish tajribasi -tajriba xoʻjaliklari, shirkat va jamoa xoʻjaliklari dalalarida oʻtkaziladigan tajriba. Dala tajribasining u yoki bu agrotexnologik tadbir qoʻllanilganda eng yuqori samara olingan juda yaxshi variantlari asosida tashkil etiladi. Sinovlar muayyan zonaning iqlim-tuproq hamda tashkiliy-xoʻjalik sharoitlariga xos muhitda yangi texnologiya yoki agrotexnologik tadbirning samaradorligini tadqiq etish uchun oʻtkaziladi. Tajriba oʻtka-zish usuli mazkur xoʻjalikda qoʻllaniladigan barcha i.ch. jarayonlari bilan mu-vofiqlashtiriladi. Tajriba tuproq unumdorligi mazkur zona uchun eng xos, bir xil boʻlgan dalada oʻtkaziladi. Tajriba paykallarining kattaligi qishloq xoʻjaligi ma-shinalarida foydalanishga imkon beradigan, uzunligi tajriba oʻtkazilayo-tgan dalaning boʻyiga teng boʻlishi ke-rak. I.ch.t. ning sxemasi murakkab boʻlmasligi lozim: u 2—4 variantdan iborat boʻlib, 3—4 takroriylikda oʻtkazilishi kerak. Ekin turlari boʻyicha I.ch.t.da koʻchat qalinligi oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, hosil miqdori va uning tarkibi, oʻrganilayo-tgan agrotexnik tadbirlarning tuproq unumdorligiga taʼsiri hisobga olinadi, shuningdek, oʻrganilayotgan tadbirlar va xoʻjaliqda qoʻllaniladigan ishlov berish texnologiyasi qiyosiy baholanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |