Ishlab chiqarish taʼlimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlab chiqarish taʼlimi -OʻzRda malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni hamda oʻrta maxsus va kasbhunar taʼlimining tarkibiy qismi. Asosiy vazifasi — kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishadigan oʻquvchilarni muayyan kasb sohasida bevo-sita faoliyat koʻrsatishga tayyorlash, yaʼni bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga oʻrgatish, zarur kasb koʻnikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat. I.ch.t.ni amalga oshirishda nazariy taʼlimning ahamiyati katta. I.ch.t. 3 asosiy bosqich (oʻquv ustaxonalari, oʻquv maydonlari, oʻquv lab.lari, oʻquv xoʻjaliklaridagi I.ch.t.; i.ch. sharoiti — korxona, qurilish, xoʻjaliklardagi I.ch.t.; i.ch. tajribasi)ga boʻlinadi. Har bir bosqich oʻziga xos maqsad va oʻquv jarayonida oʻz oʻrniga ega boʻlib, kasb xususiyatiga qarab ular turli muddatli boʻladi va u I.ch.t. dasturi bilan belgilanadi. Oʻquvchilarning I.ch.t. ishlab chiqarish ustasi rahbarligida va oʻquvchilarning unumli mehnati davomida amalga oshiriladi. I.ch.t. mazmuni muayyan kasbdagi kichik muta-xassislarning mehnat faoliyati hamda malaka darajasini taxlil qilish asosida belgilanadi. Oʻquvchilarga I.ch.t. berishdan asosiy maqsad ularga oʻz kas-blari uchun xos boʻlgan i.ch. jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish, i.ch. jarayoniga xizmat koʻrsatishga oʻrgatishdan iborat. Kichik mutaxassis bajaradigan ana shu vazifalarning muayyan kasb va malaka darajasiga muvofiq aniq mazmuni maqorat tavsifnomasida aks etadi. Bu hujjat kichik mutaxassis bajaradigan ishi va kasbhunar boʻyicha "Oʻzbekiston Respublikasi kasbhunar taʼlimi davlat taʼlim standarti" (2000 y. 16 okt.) asosida tuziladi. Unda oʻquvchi kasbhunar oʻquv yurtida taʼlim olishi davomida egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarga qoʻyiladigan talablar qayd etiladi. Mahorat tavsifnomasi kasbhunar oʻquv yurtida kichik mutaxassislarni tayyorlash mohiyatini belgilovchi asosdir. Kichik mutaxassislarning mehnat faoliyatini tahlil qilish natijasida ajratib olingan mehnat jarayonlarini bajarish yoʻllari va usullari muayyan tarzda tartibga solinadi hamda I.ch.t. mazmunini belgilovchi I.ch.t. dasturida bayon qilinadi. I.ch.t. dasturi oʻquvchilarga nimani, qanday izchillik va hajmda oʻrgatishni belgilab beradi. I.ch.t. dasturini ishlab chiqishga korxonalarning yetakchi muxandis-texnik xodimlari, i.t. muassasalari va vazirliklar, kasbhunar oʻquv yurtlarining malakali xodimlari jalb qilinadi. I.ch.t. taʼlimning turli usullaridan foydalanilgan tarzda amalga oshiriladi.

Oʻtkir Tolipov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil