Ishlab chiqarish grafigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlab chiqarish grafigi -korxonada muayyan davr (kun, oy, cho-rak, yil) davomida mahsulot i.ch.ning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida boʻlimlari (sex, uchastka, potok liniyalar, agregat va b.) mikyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi. I.ch.g . detallarni i.ch.ning texnologik sxemasi va ket-ma-ketligi hamda tayyor mahsulotning tarkibiy qismlarga boʻlinish qoida-siga asoslanadi. Korxonada I.ch.g .lari kamrov doirasiga kura, korxona mikyosida oylik topshiriqlar grafigini ishlab chiqish; sex uchastka yoki boʻlim boʻyicha bir mashinakomplektga kerakli detallar va uzellar sonini hisoblab chiqish; detallar, uzellarni i.ch.-ning kundalik grafik topshiriqlarini ishlab chiqish; i.ch. ortda qolgan detallar boʻyicha 10 kunlik tezkor i.ch. grafigini ishlab chiqish va b. boʻlishi mumkin. Mahsulot i.ch.ning yakka tartibda yoki seriyaliligi mahsulotning turi, uning detallari, uzellari miqdori, texnologik operatsiyalarning xilma-xilligi, i.ch. jarayonida operatsiyadan operatsiyaga oʻtishning koʻp yoʻnalishliligi va b. bilan harakterlanadi va jarayonlarni oʻzaro bogʻlab turadi. I.ch.g .ga qatʼiy rioya qilish korxonaning hamma boʻlimlari ishida oʻzaro uygʻunlikni, hamkorlikni taʼminlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil