Ishlab chiqarish gimnastikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlab chiqarish gimnastikasi — kishini sogʻlomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui. Mashklar ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Amaliyotda I.ch.g .ning 2 turi mavjud: 1) odamni ish kuniga tayyorlovchi kirish gimnastikasi; 2) ish vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda oʻtirib ishlaydiganlarga yurish, oʻtirib turish, belni bukish; tik turib ishlaydiganlarga — oyoq muskullariga dam beruvchi mashklar tanlanadi. Hoz. aqliy mehnat rivojlangan davrda I.ch.g .ning ahamiyati katta.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil