Kontent qismiga oʻtish

Ishikari daryosi

Koordinatalari: 43°28′49″N 141°52′10″E / 43.48028°N 141.86944°E / 43.48028; 141.86944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ishikari daryosi
Ishikari-gava石狩川
Asahikava yaqinidagi Ishikara daryosi
Asahikava yaqinidagi Ishikara daryosi
Tavsif
Uzunligi 268
Daryolar havzasi 14 330 km2
Suv sarfi 468 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Ishikari tog'i
Quyilishi Yapon dengizi
Joylashuvi
Davlat Yaponiya
Mintaqa Xokkaydo
Ishikari daryosi


 

Sapporo shimolidagi Ishikari daryosi

Ishikari daryosi (yaponcha: 石狩川 Ishikari-gawa?) — uzunligi boʻyicha Yaponiyada uchinchi va Xokkaydoda eng uzun boʻlgan 268 kilometrlik daryo . Daryo 14 330 kvadrat kilometr maydonni suv bilan taminlaydi [1] va bu jihatdan Yaponiyadagi ikkinchi eng oʻrinda turadi.

Ushbu daryo Daisetsuzan vulqon guruhidagi Ishikari togʻidan boshlanadi va Asahikava va Sapporo orqali oqib oʻtadi. Daryoning asosiy irmoqlariga Chubetsu, Uryu, Sorachi va Toyohira daryolari kiradi. 40 000 yil oldin Ishikari daryosi Tomakomai orqali Tinch okeaniga quyilgan. Shikotsu vulqonidan otilib chiqqan lava daryo yoʻlini toʻsib qoʻydi va daryo irmogʻi Ishikari koʻrfazi tomon burildi.

Daryo nomi Aynu tilidan kelib chiqqan boʻlib, „bir narsaning oʻzini aylantirmoq“ maʼnosini beradi Bundan koʻrinib turibdiki, daryo bir vaqtlar Ishikari tekisligida aylana boʻlib oqqan va Yaponiyadagi eng uzun daryo boʻlgan Shinano daryosi kabi uzun boʻlgan. Asrlar davomida amalga oshirilgan keng koʻlamli qurilish va dehqonchilik loyihalari Ishikari daryosini taxminan 100 kilometrga qisqartirdi, shuningdek, daryoning tekisligida koʻplab kichik koʻllar paydo boʻlishiga olib keldi va uning yoʻnalishini oʻzgartiradi.

Ishikari daryosi boʻyidagi landshaft va inson faoliyati, ayniqsa ijarachi dehqonlarning ogʻir hayoti 1929-yilda yapon yozuvchisi Takiji Kobayashi tomonidan nashr etilgan „The Absentee Landlord“ romanida tasvirlangan.

  1. „Ishikari“ (ja). Ministry of Land,Infrastructure and Transport and Tourism Hokkaido Regional Development Bureau. 2013-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-may.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

43°28′49″N 141°52′10″E / 43.48028°N 141.86944°E / 43.48028; 141.86944