Ishga joylashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishga joylashtirish - Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga yarokli aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan tashkiliyhuquqiy, iqtisodiy tusdagi davlat tadbirlari tizimi. Tizimning asosiy vazifasi bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida mehnat bozorini shakllantirishga koʻmaklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan taʼmin etish yuzasidan qoʻllab-quvvatlash, qonunga binoan ishsiz deb eʼtirof etilganlarning ishga joylashishiga yordam berishdan iborat. Aholining ishga joylashishiga koʻmaklashish OʻzRda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. I.j.ga oid qonun-qoidalar Oʻzbekiston MK. maxsus qismidagi 5bobda, shuningdek, OʻzRning "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida" yangi tahrirdagi qonunida (1998 y. 1 may) belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil