Ishdan boʻshatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishdan boʻshatish - mehnat shartnomasining mehnat qonunchiligida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor boʻlishi. I.b.ning 3 turi mavjud: xodimning tashabbusiga koʻra; maʼmuri-yat tashabbusi bilan; taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra. Xodim oʻzi istagan vaqtda ishdan boʻshab ketishi haqida ish beruvchini 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Oʻzaro kelishilsa, bu muddat qisqaroq qilib belgilanishi mumkin. Ariza xodimning ishni davom ettirish imkoni yoʻqligi (mas, oʻquv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi va b. sabablar) bilan boglik boʻlsa, u iltimos qilgan vaqtda ishdan boʻshatilishi lozim (OʻzR Mehnat kodeksi, 99-modda). Mehnat shartnomasi kanday muddatga tuzilganidan qatʼi nazar, xodim ish beruvchi tomonidan asosli ravishda ishdan bushatilishi zarur. Mehnat kodeksida mazkur asoslar (100-modda), mehnat shartno-masini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish (100—102-modda), mehnat shartnomasini taraflar ixtiyoriga boglik boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilish (106-modda), uni bekor qilishni rasmiylashtirish (107— 108-modda), I.b. nafaqasini toʻlash (109-modda) va ish haqini toʻlash muddatlari (110-mod-da)ga oid qonunqoidalar belgilab berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil