Isaiah Johnston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isaiah Johnston
Johnston in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Isaiah Johnston
Tavallud sanasi 16-dekabr 2001-yil (2001-12-16) (22 yosh)
Tavallud joyi Mississauga, Ontario, Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 1.77m
Ampluasi Yarim himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kanada York United
Raqami 44
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Georgetown SC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2019 Woodbridge Strikers 24 (2)
2020- York United 48 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-oktabr 2022-yil uchun)

Isaiah Johnston (2001-yil, 16-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, York Unitedda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johnston Ontario shtatining Mississauga shahrida tugʻilgan, bir yoshida oilasi bilan Georgetown shtatining Halton Hills shahriga koʻchib oʻtgan[1]. U yerda 6 yoshidan boshlab Georgetown SC jamoasida futbol oʻynay boshlagan[2].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanada Woodbridge Strikers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Jonston Ontarioning League 1 jamoasi Woodbridge Strikers tarkibida oʻynadi va beshta oʻyinda bitta gol urdi[3]. 2018-yilda u Woodbridge safida yettita liga va uchta pley-off oʻyinlarida maydonga tushgan[4]. 2019-yilda Johnston oʻn ikkita oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan[5].

2019-yil kuzida Johnston Keyp Breton universitetida oʻqishni boshladi, u yerda u sakkizta oʻyin oʻtkazdi va universitet jamoasi safida bitta gol urdi[6].

Kanada York United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 6-iyulda Johnston Kanada Premyer-ligasining York9 jamoasi (keyinchalik nomi York United deb oʻzgartirildi) bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi[7]. York9 tomonidan 2019-yilgi CPL-U Sport loyihasida tuzilganiga qaramay, u universitetga qaytish oʻrniga klub bilan toʻliq vaqtli shartnoma imzolashni tanladi[8]. U 19-avgust kuni Pacific FC klubiga qarshi oʻyinda York9 safidagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Johnston York safidagi birinchi golini 2021-yil, 24-iyul kuni Edmontonga qarshi oʻyinda kiritdi[9]. 2021-yil Johnston uchun ajoyib mavsum boʻldi, chunki u York United klubining asosiy futbolchilardan biriga aylangi va mavsum oxirida Kanada Premyer-ligasining eng yaxshi oʻyinchilar roʻyxatida 27-oʻrinni egalladi[10]. 2021-yil noyabr oyida York Johnston bilan shartnomani 2024-yilgacha uzaytirilganini maʼlum qildi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 6-sentabr holatiga ko'ra[12]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Pley-off Kubok Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Woodbridge Strikers 2017[13] League1 Ontario 5 1 0 0 5 1
2018[14] League1 Ontario 7 0 3 0 10 0
2019[15] League1 Ontario 12 1 0 0 12 1
Jami 24 2 3 0 0 0 27 2
York United 2020 Canadian Premier League 3 0 3 0
2021 25 3 1 0 2 0 28 3
2022 19 0 3 1 22 1
Karyera jami 71 5 4 0 5 1 80 6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Isaiah Johnston“. Canada Soccer. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  2. . Oʻn uch yoshida u oilasi bilan Miltonga koʻchib oʻtdi
  3. „Isaiah Johnston 2017“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  4. „Isaiah Johnston 2018“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  5. „Isaiah Johnston 2019“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  6. „Isaiah Johnston“. Cape Breton University. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  7. „York9 FC signs U SPORTS pick Isaiah Johnston, releases Adrián Ugarriza“. Canadian Premier League (6-iyul 2020-yil). Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  8. Marty Thompson. „Isaiah Johnston on historic York9 move, forgoing U SPORTS: ‘Cape Breton created a neat stopgap’“. Canadian Premier League (15-iyul 2020-yil). Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  9. Reid. „HIGHLIGHTS: Johnston’s first CPL goal sees York United past FC Edmonton in 1-0 win“ (2021-yil 24-iyul).
  10. „CPL50 - 27. Isaiah Johnston (York United)“ (inglizcha). Canadian Premier League (15-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  11. „Isaiah Johnston Signs Contract Extension Until 2024“. York United FC (2021-yil 1-noyabr).
  12. Isaiah Johnston Soccerway saytida
  13. „Isaiah Johnston 2017“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil. „Isaiah Johnston 2017“. League1 Ontario. Retrieved 15 August 2020.
  14. „Isaiah Johnston 2018“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil. „Isaiah Johnston 2018“. League1 Ontario. Retrieved 15 August 2020.
  15. „Isaiah Johnston 2019“. League1 Ontario. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil. „Isaiah Johnston 2019“. League1 Ontario. Retrieved 15 August 2020.