Isaac Thelin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isaac Kiese Thelin (talaffuzi: Isak Kise Telin; 1992-yil 15-sentabrda, Shvetsiyaning Örebro shahrida tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Kasımpaşa“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Isaac Kiese Thelin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Isaac Kiese Thelin
Tavallud sanasi 24-iyun 1992-yil (1992-06-24) (31 yosh)
Tavallud joyi Örebro, Shvetsiya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Malmö FF
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2009 Karlslunds IF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Karlslunds IF 44 (18)
2011—2014 IFK Norrköping 48 (6)
2014 Malmö FF 14 (5)
2015—2017 Bordeaux 29 (3)
2017 → [Anderlecht (ijara) 16 (1)
2017—2021 Anderlecht 15 (1)
2017—2018 → Waasland-Beveren (ijara) 33 (19)
2018—2019 → Bayer Leverkusen (ijara) 6 (0)
2020 → Malmö FF (ijara) 25 (14)
2021 → Kasımpaşa (ijara) 21 (9)
Milliy terma jamoa
2009 Shvetsiya U17 3 (1)
2014—2015 Shvetsiya U21 11 (7)
2014— Shvetsiya 32
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-oktyabr 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isaac Thelin Örebroning „Karlslund“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yilda u jamoada debyut qilgan. Ikki mavsum davomida Isaak Shvetsiya quyi divizioni klubida oʻynagan. 2011-yilda u „Norrköping“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Birinchi mavsumda Isaac Thelin musobaqada gʻalaba qozona olmagan. 2012-yil 9-aprelda „Göteborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Allsvenskan ligasida debyut qilgan[1]. 1-oktabr kuni „GAIS“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Isaac jamoa uchun birinchi golini urgan[2].

2014-yilning yozida Isaac Thelin „Malmö“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 19-iyul kuni „Kalmar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan[3]. Oʻsha oʻyinda Isaak „Malmö“ futbol klubi safida ilk golini urgan[4][5]. Chempionlar ligasining saralash bosqichi oʻyinlarida Isaac Thelin „Sparta Praha“ va Latviyaning „Ventspils“ futbol klublariga gol urgan va jamoaga turnirning guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isaac Thelin 2015-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Isaak Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan[6][7]. Turnirda u Daniya, Italiya, Angliya va ikki marta Portugaliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Italiyaliklarga qarshi kechgan bahsda Isaac Thelin gol urgan[8][9][10].

2014-yilning 15-noyabrida Chernogoriyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida ikkinchi bo‘limda Erkan Zengin oʻrniga maydonga tushgan va Thelin Shvetsiya terma jamoasi tarkibida debyut qilgan. 2016-yilning 15-noyabr kuni Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan[11].

2018-yilda Isaac Thelin Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda Isaac Thelin Janubiy Koreya, Germaniya, Meksika va Shveytsariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].






Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin    Gol
Karlslunds IF HFK Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2009—2011 45 18
IFK Norrköping Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2011—2014 55 6
Malmö FF Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2014 27 8
Girondins de Burdeos Fransiya bayrogʻi Fransiya 2015—2017 36 4
R. S. C. Anderlecht Belgiya bayrogʻi Belgiya 2017 25 2
Waasland-Beveren (ijara) Belgiya bayrogʻi Belgiya 2017—2018 36 19
Bayer 04 Leverkusen (ijara) Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2018—2019 14 1
R. S. C. Anderlecht Belgiya bayrogʻi Belgiya 2019—2020 12 1
Malmö FF (ijara) Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2020 34 17
Kasımpaşa S. K. Turkiya bayrogʻi Turkiya 2021 22 9
R. S. C. Anderlecht Belgiya bayrogʻi Belgiya 2021 8 1
Baniyas Club BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2021—2022 25 6
Malmö FF Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2022 6 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Гётеборг VS. Норрчёпинг 1:2“ (en). soccerway.com (9-aprel 2012-yil). 3-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  2. „Норрчёпинг VS. ГАИС 7:2“ (en). soccerway.com (1-oktyabr 2012-yil). 3-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  3. „Кальмар VS. Мальмё 1:1“ (en). soccerway.com (19-iyul 2014-yil). 9-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  4. „Спарта VS. Мальмё 4:2“ (en). soccerway.com (29-iyul 2014-yil). 24-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  5. „Вентспилс VS. Мальмё 0:1“ (en). soccerway.com (23-iyul 2014-yil). 8-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  6. „Швеция (до 21) VS. Англия (до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (21-iyun 2015-yil). 10-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  7. „Италия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (18-iyun 2015-yil). 21-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  8. „Дания (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:4“ (en). soccerway.com (27-iyun 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  9. „Португалия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:1“ (en). soccerway.com (24-iyun 2015-yil). 27-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  10. „Швеция (до 21) VS. Португалия (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (30-iyun 2015-yil). 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2015-yil.
  11. „Венгрия VS. Швеция 0:1“ (en). soccerway.com (15-noyabr 2016-yil). 16-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2016-yil.
  12. „Германия VS. Швеция 2:1“ (en). soccerway.com (23-iyun 2018-yil). 9-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  13. „Швеция VS. Южная Корея 1:0“ (en). soccerway.com (18-iyun 2018-yil). 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  14. „Мексика VS. Швеция 0:3“ (en). soccerway.com (27-iyun 2018-yil). 27-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  15. „Швеция VS. Швейцария 1:0“ (en). soccerway.com (3-iyul 2018-yil). 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.