Isaac Albéniz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isaac Albéniz
Tavalludi 29-may 1860[1][2][3]
Vafoti 18-may 1909[1][2]
Fuqaroligi Ispaniya[4]

Isaac Manuel Francisco Albéniz y Pascual (talaffuzi: Isaak Manuel Fransisko Albenis i Paskual; 1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya – 1909.18.5, Kambo-le-Ben, Fransiya) – ispan kompozitori va pi-aninochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Buda-pesht, Madridda ta’lim olgan. A.ning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepi-ano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs an’analari va mumtoz musiqa uygʻunlashtirilgan: fortepiano uchun "Ispan syuitasi" (1886), "Ispaniya" (1890), "Iberiya" (1905–09) va boshqa "Kataloniya" (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar ("Muqaddas Antoniy", 1894 va boshqalar), operalar ("Genri Klifford", 1895 va boshqalar), romanslar va boshqa yaratgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil