Iroqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayx Faxriddin Ibrohim Iroqiy (610–688 h.q./1213, Hamadon – 1289 m., Damashq) – fors shoiri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Qurʼoni majidni yod olgan va gʻoyat goʻzal qiroat bilan oʻqishni oʻrgangan. 17 yoshida tasavvufga mayl koʻrsatgan. Darveshlarga qoʻshilib, Hindistonda Zakariyo Multoniyga shogird tushadi va uning qiziga uylanadi. Makka va Madinaga safar qilib, Bagʻdodda Shahobiddin Suhravardiy suhbatidan bahramand boʻlgan. Koʻnyo hokimi Muʼiniddin Parvona unga Tavqon shahrida xonaqoh qurib bergan. Shom va Misrga ham safar qilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qasida va gʻazallarni oʻz ichiga olgan devoni 4800 baytdan iborat. Sanoiyning “Hadiqa”siga payrav qilingan “Ushshoqnoma” nomli manzumasi bor. Asarlari ishqiy va irfoniy mazmunda. “Lamaʼot” nomli nasriy risolasi gʻoyat mashhur boʻlib, unga Jomiy sharh yozgan. Iroqiyning qabri Damashqning Solihiya degan yerida, Shayx Muhyiddin al-Arabiyning oyogʻi tomonidadir.

Navoiy eʼtirofi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da Iroqiyning “Lamaʼot” asari Abulqosim Boburning sevimli kitoblaridan biri boʻlganligini qayd qilgan. “Xamsat ul-mutahayyirin”da esa Navoiy Iroqiyning “Lamaʼot”i boʻyicha Jomiydan taʼlim olgani, Navoiyning iltimosi bilan Jomiy Iroqiyning ushbu asariga sharh yozgani haqida maʼlumot berilgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois. 
  3. Xamsat ul-mutahayyirin.