Irlandiya qoʻzgʻoloni
Qiyofa
Irlandiya qoʻzgʻoloni - Angliya hukmronligiga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik qoʻzgʻoloni (1916, 24— 30 aprel). Unga Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berish haqida 1914-yil qabul qilingan hujjatning amalga oshirilmay kelishidan xalq ommasining noroziligi sabab boʻldi. Harakatga J. Konnoli boshchiligidagi Irlandiya fuqarolar armiyasi rahbarlik qildi. Qoʻzgʻolonchilar Dublin maydonida Irlandiyani respublika deb eʼlon qildi, Vaqtli hukumat tuzildi. Dublindan soʻng qoʻzgʻolon Enniskorti va Atenray kabi kupgina shaharlarga ta-rqaldi. 6 kun davom etgan jangdan soʻng ingliz qoʻshinlari tomonidan qoʻzgʻolon shafqatsizlik bilan bostirildi. Qoʻzgʻolonning boshliqlari otib tashlandi, oddiy ishtirokchilari quvgʻin qilindi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |