Irina Poteeva
Irina Poteeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
25-yanvar 1986-yil Fargʻona,Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Irina Vitalievna Poteeva (1986-yil 25-yanvar Fargʻona) – rossiyalik bokschi. Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2006).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irina Poteeva 1986-yil 25-yanvarda Fargʻonada tugʻilgan. Irina 12 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan.
2007-yilgi Yevropa chempioni va 2006-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. 2012-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
Rossiya chempioni (2007, 66 kg gacha; 2008, 2009, 2013, 2014, 69 kg gacha). Rossiya chempionatlarining kumush (2006 – 66 kg gacha; 2011 – 75 kg gacha; 2015 – 69 kg gacha) va bronza (2010 – 69 kg gacha) medali sovrindori. Irina boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda 63 kg vazn toifasida birinchi oʻrinni egallagan.
2014-yilda Ural Federal universitetini tamomlagan[1]. 2008-yilda Irina Poteeva Olga Sharkova, Inna Sagaidakovskaja va Elene Bystrowa ustidan gʻalaba qozonib, uchinchi marta 66 kg vazn toifasida Rossiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2008-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana Marichelle de Jongni magʻlub etgan.
2011-yil jarohati tufayli Rossiya chempionatida ishtirok eta olmagan.
2015-yil sentyabr oyida poygachi Sergey Serebrenikovga turmushga chiqgan.