Irim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Irim — biror niyat bilan qilinadigan ish, xattiharakat. I. kishining oʻz ishlariga rivoj tilash, oʻzini ehtiyot qilish, birovlarga yaxshilik tilash, yoki zarar yetkazish va b. niyatlarda qilinadi. Masalan, toʻydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish, dard-baloni qaytarish, ziyon-zaxmatdan, koʻz tegishdan saqlanish uchun biror narsani boshdan oʻgirib tashlash, chaqaloqqa har xil ins-jinslar yoʻlamasin degan maʼnoda beshikdagi chaqaloq yostigʻi tagiga pichoq yoki non qoʻyish, sigirning boʻyniga tumor ta-qib qoʻyish vah. k. I. ning turlari juda koʻp va jahondagi deyarli qamma xalqlarda, turli kasbhunar sohalarida uchraydi. Baʼzi I. lar qandaydir koʻzga koʻrinmas, sirli kuchlarning borligiga ishonishga va ulardan madad ku-tishga asoslanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil