Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang (1216) — Muhammad Xorazmshoh qoʻshini bilan moʻgʻullar oʻrtasidagi jang . Hoz. Qozogʻistonning Toʻrgʻay viloyatidagi Irgʻiz daryosi boʻyida sodir boʻlgan. Xo-razmshoh qoʻshini (60 ming kishi) moʻgʻullarning Joʻjixon, Subutoy bahodir, Toxuchar noʻyon boshchiligidagi 20 minglik qoʻshini bilan toʻqnashgan. Moʻgʻullar Chingizxon buyrugʻiga koʻra merkit qabilasini tor-mor qilib orqaga qaytmoqchi boʻlganda Xorazmshoh qoʻshiniga duch kelgan. Moʻgʻullar dastlab jang qilishdan voz kechishgan, birok Muhammad Xorazmshoh bilan oʻchakishib qolib, jangga kirishga majbur boʻlishgan. Har ikki tomondan oʻng qanot raqibning soʻl qanotidan ustun kelgan, musulmon qoʻshinining oʻng qano-tiga Jaloliddin Manguberdi bosh boʻlgan, uning jasorati tufayli Xo-razmshoh qoʻshini magʻlubiyatdan qutulib qolgan. Jangdan soʻng , qorongʻu tunda moʻgʻullar shoshilinch suratda chekingan. Moʻgʻullarning jangdagi jasorati Xorazmshohga katta taʼsir koʻrsatgan, bu esa keyinchalik ular bilan ochiq maydonda urishishdan qochishga va oxir oqibat saltanatining halokatiga sababchi boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Shixab ad-Din Muhammad annasavi, Jizneopisaniye sultana Dja-lal ad-Dina Mankburni, Baku, 1973.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil