Irena Lipene

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Irena Yuozo Lipene (1939.25.12, Kaunas) — rassom, vitrajchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Vilnyus badiiy institutini tugatgan (1965). Oʻz ijodi bilan respublika mahobatli bezak sanʼati rivojiga hissa qoʻshdi. "Shamollar guli" (1984, Toshkent teleminorasidagi "Koinot" restoranining sharq zalida), "Yonish" (1986, Qoʻqon musiqali drama teatri-da) va boshqa kompozitsiyali vitrajlar, chiroqdonlar, qandillar (Toshkent metropolitenining "Mustaqillik maydoni", "Hamid Olimjon", "Pushkin" bekatlarida), "Quyoshga madhiya", "Oy", "Sayyoralar paradi" (1987, Toshkent viloyati "Kuyosh" ilmiy ishlab chiqarish bir-lashmasida) va boshqa asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil