Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi (Gruziya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi
Turi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1992-yil
Joylashuvi Sanapiro koʻchasi. N2, Tbilisi, Gruziya 0114
Hududiy xizmati Gruziya
Vazir Levan Davitashvili
Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri
Budjet 13.8 million (2016)[1]
Vebsayti www.economy.ge

Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi (gruzincha: საქართველოს ეკონომიკური განვითარების სამინისტრო)—Gruziya hukumatining mamlakatdagi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish uchun mas’ul vazirligidir. Uning bosh ofisi Tbilisida joylashgan[2]. Hozirgi kunda vazirlik Levan Davitashvili tomonidan boshqariladi.

Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. 2010-yilda hukumat tuzilmasini qayta qurish jarayonida u Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi deb oʻzgartirildi[3].

Vazirlikning asosiy vazifalari samarali iqtisodiy siyosatdan foydalangan holda mamlakatda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishdir[4]. Davlatning iqtisodiy siyosati Gruziya hukumatining 2004-2009-yillarga moʻljallangan „Birlashgan va kuchli Gruziya uchun“ nomli harakat strategiyasida tasvirlangan. Ushbu chora-tadbirlar makroiqtisodiy siyosatdan foydalanish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga tadbirkorlik faoliyatini liberallashtirish, xususiy tadbirkorlar uchun qulay, shaffof va barqaror qonunchilikni yaratish, faol xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish va xususiy sektorni mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlash, litsenziyalar va ruxsatnomalar berishni osonlashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish va bozorlarni monopolizatsiyadan himoya qilish, turizm, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish kabi dasturlar kiradi[5].

Tarkibiy qismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan transport boshqarmasi 2005-yildan 2011-yilgacha Gruziyaning transport agentligi boʻlgan va u mamlakatda avtomobil transporti, fuqarolik aviatsiyasi va dengiz transportini boshqarishni birlashtirgan. Agentlik avval iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligiga, soʻngra mintaqaviy rivojlanish va infratuzilma vazirligiga boʻysundi. Agentlikning bosh ofisi Tbilisida joylashgan[6].

2011-yil fevral oyida Birlashgan transport boshqarmasi avtomobil transporti, fuqaro aviatsiyasi va dengiz transporti agentliklariga boʻlindi, ularning har biri alohida tashkilot boʻlib, Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligining umumiy nazorati ostida[7].

Boʻlinmalar

Boʻlinmalarga quyidagilar kiradi:

  • Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi[8]
  • Dengiz transporti boshqarmasi[9]
  • Avtomobil transporti boshqarmasi[10]

Vazirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.economy.ge/uploads/sajaro_informacia/biujeti/2016/biujeti_gegma_5.1_2016_I.kv.pdf[sayt ishlamaydi]
  2. "Main." Ministry of Economy and Sustainable Development. Retrieved on 6 February 2011. „Address:12 Chanturia Str., Tbilisi, 0108, Georgia.“
  3. „Парламент утвердил структурную реорганизацию правительства Грузии“. Georgian Times (2010-yil 30-iyun). Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  4. Cardoso, Paulo „American Times Presents: Georgian Minister of Economy and Sustainable Development – Mr. Giorgi Kvirikashvili“. The American Times. 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-dekabr.
  5. „Ministry of Economy and Sustainable Development. Ministry“. Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  6. "Contact (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan)." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011. „Address: Al. Kazbegi ave. 12 Tbilisi, Georgia“ Address in Georgian (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan): „თბილისი ალ. ყაზბეგის N12.“
  7. (gruzincha) ერთიანი სატრანსპორტო ადმინისტრაციის დაშლის შესახებ კანონპროექტს მესამე მოსმენით დაამტკიცებენ (The Parliament votes for the split of the United Transport Administration). GHN News Agency. February 21, 2011
  8. "Civil Aviation Department (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan)." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011.
  9. "Maritime Transport Department (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan)." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011.
  10. "Road Transport Department (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan)." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011.